Joriy yilning 20 avgust kuni Barqaror rivojlanish markazi xodimlari “Mintaqaviy muloqot” NNT vakillari bilan uchrashdi.BRM va “Mintaqaviy muloqot” NNT o‘rtasida belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha turli loyihalar muhokama qilindi, jumladan, “Mintaqaviy muloqot” NNT, BRM tomonidan amalga oshiriladigan tadbirlarni hamkorlikda tashkil etishda amaliy ko‘mak ko‘rsatishini bildirdi.
Uchrashuvda Markaz, uning faoliyatining huquqiy asoslari va yo‘nalishlari, shuningdek, hozirda Markaz tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar haqida ma’lumotlar berildi. Xususan, joriy yilda Markaz o‘z izlanishlari va faoliyatini saylov jarayonini takomillashtirish va ijtimoiy BRMlarni amalga oshirishga qaratgani ta’kidlandi.
O‘z navbatida Myusha Sever uchrashuv ishtirokchilarini “Mintaqaviy muloqot” NNTning asosiy faoliyati bilan tanishtirdi. Ta’kidlandiki, ayni paytda NNT qonun ustuvorligi va korrupsiyaga qarshi kurash masalalari bilan bog‘liq loyihalarni amalga oshirmoqda. Loyihalar AQSH Davlat departamenti ko‘magida amalga oshirilayotganligi ma’lum qilindi.