Barqaror rivojlanish markazi 

Sayt sinov rejimida ishlamoqda
  • O‘zbek
  • Ўзбек
  • Русский
  • English
  • Français

“Yangi Oʻzbekistonning maʼnaviy-madaniy sohadagi milliy siyosati”: professor Alisher Muminov monografiyasi taqdimoti

10-09-2026 44

    2026-yil 9-sentabr kuni Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti kutubxonasida Barqaror rivojlanish markazi eksperti, siyosiy fanlar doktori, professor Alisher Gafforovich Muminovning “Yangi Oʻzbekistonning maʼnaviy-madaniy sohadagi milliy siyosati” nomli monografiyasi taqdimoti boʻlib oʻtdi.

    Taqdimot Barqaror rivojlanish markazi, Oʻzbekiston Milliy universiteti, Oʻzbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmitasi, Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi bilan hamkorlikda oʻtkazildi.

    Taqdimotda yetakchi siyosatshunoslar, faylasuflar, huquqshunoslar, tarixchilar, davlat boshqaruvi va millatlararo munosabatlar sohasida faoliyat yuritayotgan nufuzli ekspertlar, yosh tadqiqotchilar ishtirok etdilar.

    Tadbirda Yangi Oʻzbekistonda keyingi oʻn yil ichida milliy siyosatning transformatsiyasi, uni millatlararo totuvlikni mustahkamlash hamda Markaziy Osiyoda yaxshi qoʻshnichilik munosabatlari va barqarorlikni taʼminlash borasida olib borilayotgan ishlar tahliliga alohida eʼtibor qaratildi.