Barqaror rivojlanish markazi 

  • O‘zbek
  • Ўзбек
  • Русский
  • English
  • Français

O‘zbekistonda bir jinslilar o‘rtasida oila qurish mumkinmi?

14-06-2022 497

Javob: umuman olganda bu savolga aniq javob berish qiyin amaldagi konstitutsiyaning 63-moddasida* «Nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi va teng huquqliligiga asoslanadi» deb belgilangan. Yuridik jihatdan tomonlar so‘ziga izoh berilishi maqsadga muvofiq bo‘lib, tomonlar so‘ziga Erkak va Ayolning ixtiyoriy roziligi va teng huquqliligiga asoslanadi, deb o‘zgartirilsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi.

    Shu    bilan birga ,    quyidagi takliflar kiritilishi taklif etiladi.

Birinchi taklif:    Nikoh erkak va ayolning ixtiyoriy roziligi va teng huquqliligi asosida oila qurish uchun tuzgan ittifoqi sifatida, er-xotinning shaxsiy va mulkiy huquqlari tengligi ,    oilaviy masalalarni o‘zaro kelishuv asosida hal etish ,    bolalarni oilada tarbiyalashning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha g‘amxo‘rlik tamoyillariga asoslanadi ,    ularning farovonligi va rivojlanishi ,    voyaga yetmaganlar va mehnatga layoqatsiz oila a’zolarining huquq va manfaatlari himoya qilinishini ta’minlaydi.

O‘zbekiston Respublikasida oila ,    onalik ,    otalik va bolalik davlat himoyasidadir.

    Davlat    oila farovonligini oshirish ,    qo‘llab-quvvatlash ,    mustahkamlash va himoya qilish ,    an’anaviy oilaviy qadriyatlarni asrab-avaylash ,    shuningdek ,    oilani rejalashtirish borasidagi bilimlarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

Ikkinchi taklif:    Nikoh ayol va erkakning ittifoqi sifatida oila ,    onalik ,    otalik va bolalik davlat himoyasidadir.

Ayol va erkak nikoh yoshiga yetganidan keyin ixtiyoriy ravishda oila qurish huquqiga ega. Er-xotinlar nikohda va oilada teng huquqlarga ega.

Ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar bolalarni tarbiyalash ,    sog‘lig‘i ,    rivojlanishi va ta’limi haqida g‘amxo‘rlik qilish ,    ularni ijtimoiy foydali mehnatga tayyorlash ,    O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga ,    tarixiy-milliy ,    madaniy-ma’naviy an’ana va qadriyatlariga bo‘lgan hurmatni shakllantirishga haqli va majburiyatlarga ega.    Bolaga shafqatsiz munosabatda bo‘lish yoki kamsitish ,    uning jismoniy ,    aqliy yoki axloqiy rivojlanishiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan ishlarga jalb qilinmasligi kerak . Bolalar o‘z ota-onalari ,    shuningdek ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar haqida g‘amxo‘rlik qilishlari va ularga yordam ko‘rsatishlari shart.

Davlat bolali oilalar ,    yetim va ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarni qo‘llab-quvvatlaydi.

    Davlat    oilada bolalarni tarbiyalash ustuvorligini ta’minlaydi . Farzandlar ota-onalari va ularning o‘rnini bosuvchi boshqa shaxslarning ixtiyoriga qarshi , agar    ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi boshqa shaxslar o‘z majburiyatlarini bajarmagan bo‘lsa ,    oiladan faqat    sud    qarori asosida ajratilishi mumkin.

Ayollar va erkaklarga ta’lim olish ,    kasb-hunar o‘rgatishda ,    mehnatda va mansab pag‘onalarida ko‘tarilishida    ( ishda ),    iqtisodiy-siyosiy ,    ijtimoiy-madaniy va boshqa faoliyat sohalarida teng imkoniyatlar ,    shuningdek ,    ularning mehnati va sog‘lig‘ini muhofaza qilish uchun shart-sharoitlar yaratadi.

*Amaldagi    konstitutsiya    bo‘yicha    63-modda.

Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega.

Nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi va teng huquqliligiga asoslanadi.

Barnoyeva Gulxayo Rahmonovna

Barqaror rivojlanish markazi barqaror rivojlanish

jarayonlarini o‘rganish bo‘limi    bosh    mutaxassisining

    63-moddaga    taklifi