Barqaror rivojlanish markazi 

  • O‘zbek
  • Ўзбек
  • Русский
  • English
  • Français

Markaz vakilining Markaziy Osiyo mintaqaviy hamkorligiga bag‘ishlangan maqolasi xalqaro jurnalda chop etildi

11-11-2026 84
    2026-yil 10-noyabr kuni New Eastern Europe xalqaro tahliliy jurnalida “Barqaror rivojlanish markazi” NNT boʻlim boshligʻi    Jahongir Isayevning “Central Asia is becoming a region on its own terms” (“Markaziy Osiyo oʻz shartlari asosida mustaqil mintaqaviy hamkorlik modelini shakllantirmoqda”)    nomli maqolasi eʼlon qilindi.

    Maqolada Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasidagi munosabatlarning yangi bosqichi, oʻzaro ishonch va siyosiy muloqotning mustahkamlanishi, shuningdek, milliy suverenitetni saqlagan holda mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari tahlil qilingan.

    Muallif mintaqa davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvlari, hamkorlikning institutsional mexanizmlari va 2026-yil oktyabr oyida Turkmanistonda oʻtkazilgan sammit natijalariga alohida eʼtibor qaratgan.

    Materialda Markaziy Osiyoning oʻziga xos mintaqaviy integratsiya modeli hamda Yevropa Ittifoqi va boshqa xalqaro hamkorlar uchun uning amaliy ahamiyati yoritilgan.

    Maqola bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin: https://neweasterneurope.eu/2026/11/10/central-asia-is-becoming-a-region-on-its-own-terms/