Barqaror rivojlanish markazi 

  • O‘zbek
  • Ўзбек
  • Русский
  • English
  • Français

“Konstitutsiyaviy islohotlar: Fuqarolik jamiyati institutlarining o‘rni va maqomi ” mavzusidagi xalqaro konferensiyaning Toshkent deklaratsiyasi

12-05-2022 238

    Biz ,    Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy Markazi ,    O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari Milliy assotsiatsiyasi hamda    “ Barqaror rivojlanish markazi”    NNT,    O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining    Davlat    va huquq instituti    tomonidan    AQSH    Xalqaro rivojlanish agentligi    ( USAID)ning    O‘zbekistonda huquqiy islohotlar Dasturi    ( LRP)    ko‘magida    2022    yil    11 may    kuni Toshkent shahridao‘tkazilgan    “Konstitutsiyaviy islohotlar :    fuqarolik jamiyati institutlarining o‘rni va maqomi”    mavzusidagi    xalqaro    konferensiya    ishtirokchilari:

    “Jamiyat    –    islohotlar tashabbuskori ”    hamda    Barqaror rivojlanish tamoyillarini amalga oshirishning muhim sharti sifatida    fuqarolik jamiyatining    konstitutsiyaviy-huquqiy maqomi    va    fuqarolik jamiyati institutlarining erkin faoliyat yuritishiga shart-sharoit yaratuvchikonstitutsiyaviy kafolatlarni    mustahkamlash,    ularning konstitutsiyaviy islohotlarni amalga oshirishdagi    roli    va ahamiyatini oshirish bo‘yicha milliy ,    xorijiy va xalqaro tajriba yuzasidan    fikr almashgan;

    Birlashgan Millatlar Tashkiloti ,    Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti , Yevropa    Ittifoqi , Shanxay    hamkorlik tashkiloti,    Mustaqil    Davlatlar Hamdo‘stligi va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasida fuqarolik jamiyati institutlarining    roli    va ahamiyatini oshirish ,    ularni    davlat va jamiyat boshqaruvi jarayonlariga    jalb    etish bo‘yicha qabul qilingan xalqarohuquqiy hujjatlarni    hisobga olgan;

    turli uyushmalarga a’zo bo‘lish ,    so‘z va axborot erkinligi ,    fikr erkinligi hamda uni erkin ifodalashga oid inson huquqlarini mustahkamlovchi ,    shuningdek ,    barcha darajadagi fuqarolik jamiyati vakillarining    turli    bo‘g‘indagi    hokimiyat organlari shaffofligi va hisobdorligini ta’minlashga jalb    etishni rag‘batlantiruvchi Xalqaro shartnomalar ,    shuningdek BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Kengashi rezolyutsiyalariga    tayangan;

    tinch-farovon ,    barqaror rivojlanayotgan ,    demokratik jamiyat barpo etish ,    inson qadr-qimmati ,    huquqlari ,    erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish ,    Barqaror rivojlanishning umumbashariy va    milliy maqsadlariga erishishda fuqarolik jamiyati institutlarining muhim ahamiyat kasb etishini    ta’kidlagan;

    faol fuqarolik institutlari    o‘zaro munosabatlarda tiyib turish va muvozanatlar    tizimini to‘ldirib ,    davlat organlarining hisobdorligini oshirishga ko‘maklashayotganini hamda    fuqarolarning huquqiy madaniyatini    yuksaltirish ,    jamiyatda inson huquqlari madaniyatini shakllantirish, “Xalq    –    hokimiyatning yagona manbai”    konstitutsiyaviy tamoyilini ta’minlashga katta hissa qo‘shayotganini    e’tirof etgan;

    so‘nggi yillarda yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan mamlakatda adolatli va ochiq fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish ,    fuqarolik institutlari faoliyatining siyosiy ,    huquqiy va tashkiliy shart-sharoitlarini takomillashtirish va demokratlashtirishga qaratilgan jadal va keng ko‘lamli chora-tadbirlarni yuksak    baholagan    holda,    Xorijiy davlatlar va O‘zbekiston konstitutsiyaviy taraqqiyotining qiyosiy tahlili    asosida    quyidagi    asosiy    XULOSALARGA    keldik:

    Birinchi.    So‘nggi yillarda yangi O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarining    roli    va ahamiyatini tubdan oshirish bo‘yicha tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar amalga oshirildi . Xususan ,    fuqarolik jamiyati va davlatning rivojlanish qonuniyatlari ,    xorijiy davlatlar va jahonning ilg‘or konstitutsiyaviy tajribasi hisobga olingan holda:    

    •    “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”,    “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”,    “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida”,    “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”,    “Ko‘ngillilar faoliyati to‘g‘risida”,    “Ayollar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”,    “Ekologik nazorat to‘g‘risida”,    “Bola    huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi    muhim qonunlar qabul qilindi;

    Hayot shiddati va davr sur’ati ,    olib borilayotgan keng ko‘lamli demokratik islohotlar talabi asosida,    mamlakatimiz Konstitutsiyasiga ,    shuningdek,    “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi,    “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi,    “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi,    “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi,    “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi,    “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi,    “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi,    “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi    qonunlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalarkiritildi;

    •    Mamlakat    Prezidenti va hukumatining    200 dan    ortiq aktlari ,    xususan ,    O‘zbekiston Respublikasining    2021–2025    yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi    amalga oshirilmoqda.

    Natijada ,    so‘nggi besh yilda ,    xususan:

        •    nodavlat notijorat tashkilotlari    soni 22    foizga oshdi ,    jumladan,    respublika    bo‘yicha    200ga    yaqin yirik nodavlat notijorat tashkilotlari    o‘z faoliyatini boshladi . Bugungi kunda ushbu fuqarolik institutlari inson qadr-qimmati ,    huquq va erkinliklarini ta’minlash    hamda    himoya qilish ,    aholining huquqiy madaniyatini oshirish,    jamiyatda bag‘rikenglik va inson huquqlariga doir madaniyatni shakllantirish ,    barqaror rivojlanishning eng muhim vazifalarini amalga oshirishda muhim    rol    o‘ynamoqda;

        •    davlat budjetidan    nodavlat notijorat tashkilotlari    faoliyatinihamda ularning    ijtimoiy va    jamoaviy ahamiyatga molik    loyihalari amalga oshirilishini qo‘llab-quvvatlash uchun ajratiladigan mablag‘lar    (subsidiyalar ,    ijtimoiy buyurtmalar va grantlar)    miqdori besh barobardan ziyodga oshdi.

    Birgina    2022    yilning o‘zida    700 dan    ortiq    dastur    va loyihalar hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash ta’minlanadi ,    ularni amalga oshirishda    3000 dan    ortiq jamoat tashkilotlari ishtirok etadi . NNT    va boshqa fuqarolik jamiyati institutlari iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash ,    ularni raqamli texnologiyalarni joriy etish bilan bog‘liq ishlarga jalb qilish ,    aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish ishlariga jalb etiladi . O‘zbekistonda yashayotgan    130 dan    ortiq millat va elatlar o‘rtasida tinchlik ,    do‘stlik va bag‘rikenglikni mustahkamlash uchun    150 ta    milliy madaniy markazlar qo‘llab-quvvatlanadi.    

    Ikkinchi . O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatining siyosiy va ijtimoiy hayotini demokratlashtirish jarayoni ko‘p jihatdan jamiyatdagi munosabatlarning    evolyutsiyasi bilan tavsiflanadi :    an’anaviy jamiyatga xos bo‘lgan iyerarxik    munosabatlar    emas, balki    xususiy makonda shakllanib ,    jamoatchilik orasidagi munosabatlarga aylanayotgan    bir tekis tarqalgan    gorizontal munosabatlar    tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.

    Eng muhimi shundaki ,    bugungi kunda    hamma joyda    fuqarolik jamiyatining ijtimoiy faolligi    oshganligi kuzatilmoqda ,    bu an’anaviy ravishda davlat hokimiyati organlarining vakolatiga kiruvchi masalalarni hal qilishda ongli ravishda ishtirok etish istagi bilan ifodalanmoqda.    Fuqarolar    faolligini rivojlantirish    –    inson faoliyatining iqtisodiy ,    huquqiy va ijtimoiy sohalarini demokratlashtirish ,    davlat organlarining hisobdorligi va ochiqligini    kuchaytirish ,    fuqarolik jamiyati institutlari ,    ommaviy axborot vositalari rolini    oshirish ,    aholi va jamoat birlashmalarining siyosiy faolligini    yuksaltirish    bilan bog‘liq obyektiv jarayon    hisoblanadi.

    Uchinchi.    Faqat chin ma’nodagi fuqarolik jamiyati mavjud bo‘lganmakon va zamondagina    huquqiy davlat qaror topishi mumkin.    O‘z navbatida ,    fuqarolik jamiyatini inson    erkinligi va qadr-qimmatisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi . Shu bois yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli va izchil islohotlar    inson qadr-qimmati borasida g‘amxo‘rlik qiladigan,    har bir fuqaroning qonuniy manfaatlari va farovonligini ta’minlaydigan,    erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirishga asoslangan davlat qurishga    yo‘naltirilgan.

    Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasida    inson huquq va manfaatlarini so‘zsiz ta’minlash,    “Inson sha’ni va qadr-qimmati yo‘lida”    tamoyili asosida keyingi yillarda faol va erkin fuqarolik jamiyatini shakllantirish masalalari demokratik islohotlarning ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilangan.

    Jumladan,    

    •    mahalla institutining samaradorligini oshirish ,    uni davlat boshqaruvi va nazoratining asosiy bo‘g‘iniga aylantirish;

        •    qonun ijodkorligi jarayonlarini    modernizatsiya    qilish,    qonunyaratish    jarayonida fuqarolik jamiyati institutlari bilan maslahatlashuv amaliyotini takomillashtirish orqali qonun hujjatlarining so‘zsiz bajarilishini ta’minlash;

    •    xalq bilan ochiq muloqot mexanizmlarini takomillashtirish ,    jamoatchilik fikrini hisobga olgan holda muhim qarorlar qabul qilish amaliyotini kengaytirish;

    •    qonunchilik va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning    zamonaviy    tendensiyalarini hisobga olgan holda,    fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatining huquqiy asoslarini ishlab chiqish ,    xususan,    “Jamoatchilik palatasi to‘g‘risida”gi    Qonun,    Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risidagi Kodeksni qabul qilish;

    •    jamoatchilik nazoratini samarali olib borishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish ,    uni amalga oshirishning zamonaviy shakllarini amaliyotga joriy    etish ,    jamoatchilik nazorati subyektlarini    davlatning    muayyan    funksiyalarini bajarish jarayoniga keng jalb    etish ,    davlat organlari faoliyatini o‘rganish    maqsadida    ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish,    shuningdek ,    aniqlangan kamchiliklarni ochiq muhokama qilishamaliyotini yo‘lga qo‘yish;

        •    ommaviy axborot vositalarining rolini yanada    kuchaytirish hamdajurnalistlarning kasbiy faoliyatini himoya qilish ,    aholini tashvishga solayotgan muammolarga e’tibor qaratish    va islohotlarni amalga oshirish    jarayonlari    holatini    tahliliy    o‘rganishda    ular    faoliyatidan samarali foydalanish;

    •    ijtimoiy sheriklik samaradorligini oshirish ,    nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini subsidiyalar ,    grantlar va ijtimoiy buyurtmalar shaklida davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash hajmini ikki baravar oshirish;

    •    fuqarolik jamiyati institutlarining    jamiyatda inson huquqlariga doir madaniyatni shakllantirish ,    qonunga hurmat bilan munosabatda bo‘lish ,    unga rioya qilish    madaniyatini shakllantirish ,    shuningdek ,    korrupsiyaga qarshi kurashishdagi rolini mustahkamlashga qaratilgan    va boshqa    chora-tadbirlar    ko‘zda tutilgan.

    Bu vazifalarning amalga oshirilishi ,    albatta ,    fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti    Shavkat    Mirziyoyevning fundamental asari hisoblangan    “Yangi    O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi”    kitobida:

    Prezidentning    “Xalq qabulxonalari”ga konstitutsiyaviy maqom berish ;    fuqarolik jamiyati institutlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini    kodifikatsiya    qilish,    Axborot kodeksini qabul qilish;    “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi,    “Normativ-huquqiy hujjatlarning jamoat muhokamasini tashkil etish to‘g‘risida”gi qonunni qabul qilish,                                                “Xalq deputatlari viloyat , tuman,    shahar kengashlari ,    ularning reglamentlari va nazorat faoliyati to‘g‘risida”gi    qonunlarning yangi    tahririni ishlab chiqish, normativ-huquqiy hujjatlarning jamoatchilik muhokamasini tashkil    etish ;    mamlakat qonunchiligi , “Elektron    parlament”va    “Elektron    Xalq kengashi deputatlari ”,    shuningdek ,    xalq    manfaatlariga xizmat qiluvchi    “Xalqchil    davlat”    milliy dasturlarini    tasdiqlash    nazarda tutilgan.

    To‘rtinchi.    Konstitutsiya –    fuqarolik jamiyati va davlatning    eng yuqori darajadagi huquqiy kuchga ega bo‘lgan asosiy qonuni hisoblanib ,    uning vositasida    ( xalqning ko‘p asrlik tajribasi va intilishlariga muvofiq )    jamiyat va davlat qurilishining asoslari hamda uni amalga oshirishning    davlatni mustahkamlash hamda    fuqarolarning huquq    va erkinliklarini ta’minlashga qaratilgan    harakat    mexanizmlari tasdiqlanadi ,    ijtimoiy tizim    turi    bevosita yoki bilvosita    belgilanadi.Bunda fuqarolik jamiyatining konstitutsion jihatdan mustahkamlanishi muhim ahamiyat kasb etadi , zero    ushbu sa’y-harakatlar negizida o‘ziga xos munosabatlar ,    ya’ni    u    yoki bu jihatdan xalq hokimiyatiga daxldor munosabatlar aks etadi.    

    “Shaxs ,    jamiyat va davlat”    uchligi    bunday munosabatlarning asosiy subyektlari    sifatida yuzaga chiqadi hamda    konstitutsiyaviy-huquqiy    jihatdan    tartibga solishning    obyektlari hisoblanadi . Konstitutsiyaviy huquqning    o‘ziga xos o‘rni shundaki , u    mazkur    uchlikning tarkibiy qismlari hisoblangan    har bir    unsurning    maqomini , shu    jumladan,    zamonaviy davlat va fuqarolik jamiyati o‘rtasidagi    o‘zaro    munosabatlarni ifodalash va    har bir tarkibiy qismning inson qadr-qimmati va shaxs    erkinligini ta’minlashdagi    “javobgarligi doirasi”ni belgilashdan iborat.

    Beshinchi.    Fuqarolik jamiyati g‘oyasining kelib chiqishi va rivojlanishi bilan bog‘liq zamonaviy manbalarni o‘rganish shuni ko‘rsatmoqdaki,    “fuqarolik jamiyati”    –    bahs-munozarali konsepsiyasanaladi ,    undan    so‘nggi    300    yil ichida turlicha talqinlarda    foydalanilgan va bugungi globallashuv davriga kelib    bu tushuncha    alohida dolzarblik kasb etmoqda.

    Zamonaviy huquqshunoslik ,    globalistika ,    siyosatshunoslik , sotsiologiya,    falsafa    fanlarida    fuqarolik jamiyatlarining xususiyatlari ,    mohiyati va mazmuni,    ularning    davlat , biznes,    nodavlat notijorat tashkilotlari ,    jamoat birlashmalari va boshqa    shu    kabilar    bilan    munosabatlari to‘g‘risida    yaxlit    tushuncha mavjud    emas.

        Shu    bilan birga ,    xorijiy mamlakatlarda ,    umuman olganda ,    fuqarolik jamiyati    ( yoki    “uchinchi    sektor”)    to‘g‘risida o‘ziga xos tasavvurlar ustunlik qiladi , u    ko‘pincha    “davlat yoki iqtisodiyot tomonidan qamrab olinmagan ijtimoiy hamkorlik”ka tenglashtiriladi.    

    Fuqarolik jamiyatining birlamchi va ajralmas tomoni ,    uning davlatga daxldor bo‘lmagan alohida tuzilma ekanligidir.    U    davlatning rasmiy    hokimiyat    muassasalaridan farq qilib,    mustaqil ravishda yoki davlat    idoralari bilan hamkorlikda    faoliyat yurituvchi    erkin    shakllangan    ixtiyoriy birlashmalarning murakkab tarmog‘idir.    

    Fuqarolik jamiyati bu    –    davlatdan    alohida tarzda ,    lekin qonun ustuvorligiga    amal qilish sharti asosida    xususiy shaxslar tomonidan    barpo etiladigan va boshqariladigan jamoatchilik    mulki    hisoblanadi.

    Oltinchi.    Fuqarolik jamiyati    dinamik ravishda o‘sib boruvchi tuzilma    bo‘lib,    mazkur    tushuncha zamonaviy dunyo konstitutsiyalarida tobora kengroq va chuqurroq    o‘rnashib bormoqda.    “Fuqarolik jamiyati”    atamasini bevosita ishlatadigan konstitutsiyalar ham mavjud.    

    Asosiy qonunlarda    huquq    (qonun)    ustuvorligi tamoyillari ,    inson va fuqaro huquq    hamda erkinliklarining ustuvorligi va boshqa    shu kabilar alohida o‘rin tutadi . Bu qonun ustuvorligi bilan boshqariladigan davlatga xos konstitutsiyaviy tizimni shakllantirish uchun ma’lum huquqiy asos yaratadi,    o‘z navbatida,    davlatlarning    o‘ziga xos ichki xususiyatlari    va tendensiyalarini hisobga olgan holda fuqarolik jamiyatini shakllantirish uchun zarur shart-sharoitlarni    ta’minlaydi.

    Ko‘pgina konstitutsiyalarda fuqarolik jamiyati deklarativ tarzda    mustahkamlanadi,    ularda    davlat va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasidagi munosabatlarning aniq va samarali mexanizmi    mavjud emas.    

    Yettinchi.    Jahon mamlakatlarining konstitutsiyaviy tajribasi va fuqarolik jamiyati institutlari faoliyati bilan bog‘liq xalqaro huquqiy normalar tahlili shuni ko‘rsatadiki,    fuqarolik jamiyati faoliyati uchun xavfsiz va qulay shart-sharoitlar inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlarga asoslangan barqaror milliy huquqiy tizim tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi kerak.    

    Xususan ,    odatda ,    fuqarolarning uyushmalarga birlashishi    (birlashish,    uyushish erkinligi)ni ta’minlovchi konstitutsiyaviy huquq fuqarolik jamiyatining asosiy huquqi sifatida qaraladi.

    Qayd etish joizki,    keyingi paytda bu tushunchani    yanada    kengroq    talqinetish kuzatilmoqda,    endi    nafaqat jamoat birlashmalari ,    balki boshqa notijorat,    va hattoki,    tijorat tashkilotlari ham uning predmeti    sifatida e’tirof qilinmoqda.

    Sakkizinchi.    Fuqarolik jamiyati institutlarini tashkil etish va ular faoliyatining asoslarini konstitutsiyaviy jihatdan tartibga solishga    alohida e’tibor qaratilmoqda:

    •    huquq subyektlarini tashkil    etishning    normativ-tanlov va ruxsat berish tartiblari belgilandi . Shunday qilib ,    jamoat birlashmalarini    ro‘yxatga olish xorijiy mamlakatlarning ayrim konstitutsiyalarida qayd    etilgan . Shu    bilan birga ,    turli davlatlarda jamoat birlashmalarini ro‘yxatga olish bilan turli idoralar    ( Adliya vazirligi , Ichki    ishlar vazirligi )    shug‘ullanadi . Bir    qator davlatlarda jamoat birlashmalarini ro‘yxatga olish umumiy    yurisdiksiya    sudlari tomonidan amalga oshiriladi;

    •    ko‘pgina konstitutsiyalarda uyushmalar    (shu    jumladan,    jamoat birlashmalari)    erkin,    ixtiyoriy    ishtirok    etish yo‘li bilan tashkil    etilishi belgilab qo‘yilgan . Biroq,    uni tuzish tashabbuskorlari sonining qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilganligi    jamoat birlashmasini tuzishning muhim sharti hisoblanadi;

    •    boshqa siyosiy erkinliklar singari uyushish    va birlashmalarga a’zo bo‘lish erkinligi    ham    mutlaq    emasligi sababli ,    konstitutsiyalarningnormalari ushbu huquq va    erkinliklarni cheklash    imkoniyatini    ham    beradi;

    •    aksariyat    konstitutsiyalarda    uyushish    huquqini cheklovchi,    xususan ,    maqsadlari yoki harakatlari konstitutsiyaviy tuzum asoslarini majburan o‘zgartirishga,    davlatning yaxlitligini buzishga ,    uning xavfsizligiga putur yetkazishga ,    qurolli tuzilmalarni yaratish ,    ijtimoiy ,    irqiy ,    milliy ,    diniyadovat    va boshqa kelishmovchiliklarni yuzaga keltirishga qaratilgan jamoat birlashmalarini tuzishni hamda    ularning faoliyat yuritishini cheklovchi moddalar mavjud . Shuningdek ,    boshqa    fuqarolarning axloqi ,    salomatligi ,    huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish    maqsadida kiritilgan    cheklovlar    ham    bo‘lishi mumkin;

    •    bir qator konstitutsiyalarda    uyushmalarga birlashish    huquqini cheklash faqat    sud    qarori asosida amalga oshirilishi mumkinligi nazarda tutilgan;    

    •    konstitutsiyaviy adolat jamoat birlashmalari faoliyatini    monitoring    qilishda , shu    jumladan,    ularni tugatish masalasini hal qilishda tobora muhim ahamiyat kasb    etmoqda;

    •    bir qancha    konstitutsiyalarda partiyalar va jamoat birlashmalarining Konstitutsiyaga zidligini ko‘rsatuvchi    kvalifikatsion belgilar ro‘yxati berilgan ,    konstitutsiyaviy sudlarning    ular    faoliyatining    Konstitutsiyaga muvofiqligini aniqlash ,    faoliyatini taqiqlash va tugatish masalalarini hal qilish vakolatlari belgilangan.

    To‘qqizinchi.    Fuqarolik jamiyati    BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlariga    erishish va    uni    amalga oshirishda tobora muhim    rol    o‘ynamoqda.        

    Dunyo mamlakatlarining konstitutsiyaviy rivojlanishini qiyosiy o‘rganish    ijtimoiy sheriklik va jamoatchilik nazorati institutlarini rivojlantirish va mustahkamlash tendensiyasi    kuchayib borayotganini    ko‘rsatmoqda . Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishni rag‘batlantirish    borasida amalga oshirilayotgan    davlat siyosatiningijtimoiy-iqtisodiy samarasi tobora    ko‘proq    sezilmoqda:    

    •    rivojlangan mamlakatlar    YAIM    ning    3–9%    qismi nodavlat tashkilotlari    hissasiga to‘g‘ri kelmoqda;    

    •    Yevropa    Ittifoqi mamlakatlarida mehnatga layoqatli aholining    4,4% dan 14% gacha    qismi jamoat tashkilotlarida    ( sektorida)    ishlaydi;

    •    Fuqarolik jamiyati har yili dunyoda    25    milliondan ortiq pullik ish o‘rinlari yaratadi . Bu aholi uchun yuqori ijtimoiy standartlarni saqlab ,    davlatni o‘ziga xos ijtimoiy vazifalarni bajarishdan ozod qilishga imkon beradi.

    O‘ninchi.    Xalq hokimiyatiga asoslangan demokratiyaning konstitutsiyaviy tamoyillarini amalga oshirishda ,    insonparvar va adolatli demokratik    huquqiy davlat    yaratish vazifalarini amalga oshirishda ,    shuningdek,    o‘z-o‘zini tiyish    va muvozanatlar    tizimini yaratishda,    davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirishda jamoat    tashkilotlari va    shu    kabi boshqa tashkilotlar    alohida    ahamiyat kasb etadi.

        

    Biz ,    xalqaro    konferensiya    ishtirokchilari,    fuqarolik    jamiyati    institutlarining    roli    va ahamiyatini yanada oshirish uchun quyidagi    TAVSIYA VA TAKLIFLARNI    bildiramiz:

        1. Fuqarolik jamiyati institutlari,    akademik,    ilmiy-tadqiqot va    tahliliy markazlarga:

    •    fuqarolik    jamiyati    institutlarining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslarini mustahkamlash ,    qonunchilikni rivojlantirish bo‘yicha milliy    dastur    va konsepsiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha davlatlar va xalqaro hamjamiyat tajribasini chuqur o‘rganishga qaratilgan qo‘shma ilmiy loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish amaliyotini sifat jihatdan yangi    bosqichda davom    ettirish;

    •    mintaqaviy va submintaqaviy platformalarni , shu    jumladan,islohotlarning aniq yo‘nalishlari va inson huquqlari    bo‘yicha    toifalarga yo‘naltirilgan platformalarni yaratish ,    inson huquqlarini himoya qilishning xalqaro ,    mintaqaviy va milliy tizimlarini mustahkamlash    hamda    qo‘llashda faol ishtirok    etish;

    •    davlatlarning,    va umuman,    alohida    mintaqalarning barqaror rivojlanishiga xizmat qiluvchi    mintaqaviy mexanizmlarni yaratish ,    barcha manfaatdor tomonlarning keng ishtirokida muntazam ravishda maslahatuchrashuvlari/forumlar o‘tkazish.

        2. Milliy parlamentlar ,    davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga:

    Fuqarolik jamiyati institutlari:

        •    milliy rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish va    Barqaror rivojlanishning milliy    maqsadlari    bajarilishini nazorat qilish uchun mas’ul bo‘lgan idoralararo muvofiqlashtirish mexanizmlariga,    xususan,    “Yangi    O‘zbekiston    taraqqiyot    strategiyasi”da belgilangan vazifalarni amalga oshirish va bajarilishini nazorat qilishga , shu    jumladan,    BRM    va boshqa tegishli davlat majburiyatlarini bajarish uchun shaffof , inklyuziv    va hisobdor milliy jarayonni ta’minlashga katta hissa qo‘shishi mumkin.

    Fuqarolik jamiyati institutlarini:

    •    qarorlar qabul qilish jarayonlari ,    ayniqsa ,    bunday qarorlar inson qadr-qimmatini hurmat qilish ,    inson huquqlarini himoya qilish va ilgari surish masalalariga    daxldor bo‘lganda , shu    jumladan ,    taraqqiyotni belgilovchi siyosat,    rejalar    va dasturlarni    ishlab chiqish ,    amalga oshirish,    monitoring    qilish va baholashga ularni muntazam ravishda jalb qilish orqali;

    •    milliy va global miqyosda , shu    jumladan ,    barqaror rivojlanish bo‘yicha o‘tkaziladigan siyosiy anjumanlar ,    muntazam ravishda bo‘ladigan    parlament    va hukumat tadbirlari ,    joylarda aholi bilan tashkillashtiriladigan uchrashuvlar va maslahatlashuvlar ishida shaffoflik va hisobdorlikni ta’minlashga;

        •    inson huquqlariga asoslangan milliy rivojlanish dasturlari,    BRMni amalga oshirish jarayonlarini xolis va    adolatli    yoritish ,    fuqarolik jamiyati tashkilotlari va mustaqil ommaviy axborot vositalarining    erkin faoliyat yuritishi uchun qulay muhit yaratishga    fuqarolik jamiyati institutlarini barcha joyda va yanada kengroq jalb qilish zarur.

        3. Xalqaro    konferensiya    tashkilotchilariga:

    •    Inson huquqlari bo‘yicha    O‘zbekiston Respublikasi    Milliy markazi,    “Barqaror rivojlanish markazi”    NNT    va Fanlar Akademiyasi    Davlat    va huquq instituti tomonidan tayyorlangan ushbu xalqaro    konferensiya    materiallari ,    shuningdek,    “Konstitutsiyaviy islohotlar :    dunyo mamlakatlari tajribasi”    ko‘p jildli    kitobini    xorijiy va xalqaro hamkorlar ko‘magidachop etish;    

    •    konstitutsionalizmni rivojlantirish ,    takomillashtirish , kodifikatsiya    qilish va yanada demokratlashtirish ,    qonunchilikni insonparvarlashtirish sohasida xalqaro    anjumanlarni tashkil    etish amaliyotini davom    ettirish.        

    Biz ,    xalqaro    konferensiya    ishtirokchilari O‘zbekistonda yaratilgan siyosiy ,    ijtimoiy ,    iqtisodiy ,    huquqiy shart-sharoitlar fuqarolarning jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ishtirok    etishdek    konstitutsiyaviy huquqlarini ro‘yobga chiqarish imkonini berayotganiga ishonch bildiramiz.            Biz xalqaro hamkorlarni milliy rivojlanish siyosati ,    dastur va loyihalarini ishlab chiqishda davlatlar o‘rtasida hamkorlik va ilg‘or tajribalarni almashishni qo‘llab-quvvatlashga chaqiramiz.

    Fuqarolik jamiyatining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslarini mustahkamlashga hissa qo‘shayotgan ushbu xalqaro forumning barcha tashkilotchilari va ishtirokchilariga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

    Toshkent, 11 may,    2022    yil.