Barqaror rivojlanish markazi 

  • O‘zbek
  • Ўзбек
  • Русский
  • English
  • Français

Inson huquqlarini ta’minlash va inson qadrini joyiga qo‘yish

22-04-2022 375

    Milliy    strategiya    va    “ Yo‘l xaritasi ”    zamirida ayni    shu    ezgu maqsadlar mujassam

    Mamlakatimizda qariyb ikki yildan buyon Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy strategiyasi hayotga izchil tatbiq etilmoqda . Prezidentimizning    2020    yil    22    iyundagi Farmoni bilan tasdiqlangan ushbu muhim hujjatni amalga oshirish bo‘yicha    “ Yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalar ijrosi Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan muntazam    monitoring    qilib borilmoqda.

    Markaz direktori Akmal    Saidov    bilan ana    shu monitoring    davomida aniqlangan yangi natijalar haqida suhbatlashdik.

        –    Avvalo, 2022    yil    1 aprel    holatiga ko‘ra ,    Milliy strategiyani amalga oshirish bo‘yicha    “ Yo‘l xaritasi”ning    78    ta    bandidan    59    tasi yuzasidan ko‘zda tutilgan barcha ishlar bajarilganini ta’kidlamoqchiman , –    dedi A.Saidov . –    Bugungi kunda    “ Yo‘l xaritasi”ning    19 ta bandi    bo‘yicha ishlar qizg‘in davom etmoqda.

    –    Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy strategiyasida    33    ta    qonun hujjati loyihalarini ishlab chiqish ko‘zda tutilgan . Hozirgacha ularning qanchasi qabul qilindi?

        – Siz    tilga olgan qonun hujjatlarining    20    tasi    –    yangi qonun loyihalari bo‘lsa , 4    tasi    –    amaldagi qonunlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishga doir qonun loyihalaridir . Amaldagi    9 ta    qonun o‘rniga ham yangi qonun loyihalarini ishlab chiqish ko‘zda tutilgan.

    O‘tgan davr mobaynida 11 ta    qonun qabul qilindi va shundan ikkitasi konstitutsiyaviy qonundir . Shuningdek, “Ta’lim to‘g‘risida”gi , “Odam    savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunlar qabul qilindi.

    Milliy    strategiya    doirasida qabul qilingan qonun hujjatlari qatorida    “ Aholi bandligi to‘g‘risida”gi,    “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasida    chet el    fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqiy holati to‘g‘risida”gi , “Bola    huquqlarining kafolatlarini ta’minlash tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunlar ham     bor.

    Milliy    strategiya    ijrosi bo‘yicha yana qanday qonun loyihalari ishlab chiqilmoqda?

        – Ayni    vaqtda    10 ta    yangi qonun loyihasi ishlab chiqilgan . Bu o‘rinda    “ Sudyalar hamjamiyati organlari to‘g‘risida”gi, “Xususiylashtirish to‘g‘risida”gi, “Bepul yuridik yordam to‘g‘risida”gi, “Ijtimoiy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi, “Majburiy tibbiy sug‘urta to‘g‘risida”gi , “Advokatura    va advokatlik faoliyati to‘g‘risida”gi, “Tashqi mehnat migratsiyasi to‘g‘risida”gi,    «O‘zbekiston Respublikasida ommaviy tadbirlar to‘g‘risida»gi , “Prokuratura    organlarida xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risida”gi qonun loyihalari haqida so‘z bormoqda.

    Shuningdek , 3 ta    yangi    kodeks –    Sog‘liqni saqlash kodeksi ,    Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risidagi    kodeks, Ekologiya    kodeksi ,    amaldagi    7    ta kodeks    o‘rniga yangi    –    Fuqarolik kodeksi ,    Mehnat kodeksi ,    Jinoyat kodeksi ,    Jinoyat-ijroiya kodeksi ,    Jinoyat protsessual kodeksi ,    Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi    kodeks,    Uy-joy kodeksi    loyihalari tayyorlandi.

    Hozirgi kunda    2    ta    yangi    kodeks –    Axborot kodeksi va Tadbirkorlik kodeksi loyihalari ishlab chiqilmoqda.

        – Davlat    organlarining tegishli xodimlari va fuqarolik jamiyati institutlari vakillarining inson huquqlari sohasida malakasini oshirish ishlari qanday tashkil qilingan?

        – Ayni shu    maqsadda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan    2021    yil davomida    19 ta seminar-trening    va o‘quv kurslari o‘tkazilgan . Ushbu mashg‘ulotlarda:

    Qoraqalpog‘iston Respublikasi ,    viloyatlar va Toshkent shahridan Ichki ishlar vazirligi tizimida faoliyat olib boruvchi tezkor-qidiruv ,    tergovga qadar tekshiruv ,    surishtiruv ,    dastlabki tergov faoliyatini amalga oshiruvchi organlar va jazoni ijro etish muassasalarining    1    ming    214    nafar xodimi;

    Andijon ,    Namangan ,    Farg‘ona ,    Jizzax ,    Sirdaryo ,    Toshkent viloyatlari va Toshkent shahridagi jazoni ijro etish muassasalarining    30    nafar xodimi;

    xotin-qizlar axloq tuzatish muassasalarining    30    nafar xodimi;

        Bosh prokuratura,    Oliy    sud, Statistika    davlat qo‘mitasi ,    yuridik yo‘nalishdagi oliy o‘quv yurtlarining    28    nafar mutaxassisi;

    Qoraqalpog‘iston Respublikasi ,    Xorazm ,    Qashqadaryo ,    Surxondaryo , Buxoro,    Navoiy ,    Samarqand viloyatlari jazoni ijro etish muassasalarining    35    nafar xodimi;

    Respublika sud-tibbiy    ekspertiza    ilmiy-amaliy markazi va uning viloyat bo‘linmalari    30    nafar xodimining inson huquqlari sohasidagi bilimi yanada mustahkamlandi.

    Bu muhim jarayonda    2021    yil davomida va    2022    yilning birinchi choragida inson huquqlari bo‘yicha xalqaro majburiyatlarga rioya etish masalalariga bag‘ishlangan    40 dan    ziyod amaliy qo‘llanma ,    sharhlar va uslubiy adabiyotlar nashr etilgani ham katta ahamiyat kasb etadi . Mazkur kitob va qo‘llanmalar    70 dan    ortiq davlat organi va nodavlat notijorat tashkilotlarga tarqatildi.

        –    O‘zbekiston paxtasiga    boykot    bekor qilingani fakti bilan Milliy    strategiya    ijrosi o‘rtasida qanday bog‘liqlik    bor?

        –    Gap shundaki ,    Milliy    strategiya    va    “ Yo‘l xaritasi”da    odam    savdosidan    jabr    ko‘rganlarning huquqlarini himoya qilishning huquqiy asoslarini takomillashtirishga oid muayyan chora-tadbirlar belgilangan . Shu    asosda ,    xususan ,    Vazirlar Mahkamasining    2021    yil    8    fevraldagi qarori qabul qilindi.

    Mazkur qarorga muvofiq ,    birinchidan , “Odam    savdosidan jabrlangan yoki    odam    savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarni    identifikatsiya    qilish va qayta yo‘naltirish tartibi to‘g‘risidagi    nizom”,    ikkinchidan , “Odam    savdosidan jabrlanganlarning ijtimoiy reabilitatsiyasi va moslashuvini amalga oshirish hamda ularga yordam ko‘rsatish va ularni himoya qilish tartibi to‘g‘risidagi    nizom”    tasdiqlandi.

    Boshqacha aytganda ,    yurtimizda    odam    savdosidan jabrlangan shaxslarning tibbiy ,    psixologik ,    huquqiy ,    ijtimoiy va boshqa turdagi yordam olish huquqlarini ta’minlash mexanizmlari yaratildi.

        AQSH Davlat    departamentining    2020    yilda    odam    savdosiga qarshi kurashning dunyo bo‘yicha holati to‘g‘risidagi ma’ruzasida O‘zbekiston    2021    yilda ikkinchi toifaga    ( Tier    2)    o‘tkazildi . Ilgari,        2018 -2020    yillar    davomida    O‘zbekiston    ikkinchi    guruh tarkibida    ( Tier    2    Watch List )    bo‘lib kelgan.

        Ushbu    ma’ruzada    ta’kidlanganidek,        “ O‘zbekiston        odam    savdosiga barham berish uchun sezilarli darajada sa’y-harakatlarni amalga oshirmoqda . Hukumat hisobot davrida ,    COVID -19 pandemiya    sharoiti uning    odam    savdosiga qarshi kurashish borasidagi imkoniyatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatganiga qaramay ,    ayni sohada hal qiluvchi yutuqlarga erishdi ;    shuning uchun O‘zbekiston Nazoratning    2-toifasi    ro‘yxatiga o‘tkazildi”.

    O‘z navbatida , 2022    yil    10 mart    kuni paxtadan tayyor mahsulotlar ishlab chiqaruvchi va    ular    bilan savdo qiluvchi jahondagi yetakchi    331 ta    kompaniyani birlashtiruvchi Cotton Campaign koalitsiyasi O‘zbekistonda majburiy mehnat va bolalar mehnati batamom bartaraf etilganini tan oldi . Shu    tariqa O‘zbekiston paxtasiga qo‘yilgan    boykot    bekor qilindi.

        –    Milliy    strategiya    va    gender    tenglik : shu    haqda ham to‘xtalsangiz?

        –    Oliy Majlis Senatining    2021    yil    28    maydagi qarori bilan    "2030    yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida    gender    tenglikka erishish strategiyasi "    tasdiqlandi . Strategiyada barcha uchun teng huquqli va sifatli ta’limni ta’minlash ,    qishloq joylarida qizlarning oliy ma’lumotga ega bo‘lishi ,    xotin-qizlar    gender    tengligiga erishish ,    zo‘ravonlikka yo‘l qo‘ymaslik , odam    savdosining oldini olish kabi masalalar qamrab olingan.

        Ushbu    yo‘nalishlar BMTning    2030    yilgacha mo‘ljallangan Barqaror rivojlanish maqsadlariga to‘la mos va hamohangdir.

    Bu sohada ,    ayniqsa ,    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining    2021    yil    19    mayda qabul qilingan    “ Zo‘rlik ishlatishdan    jabr    ko‘rgan xotin-qizlarni    reabilitatsiya    qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorini alohida ta’kidlash o‘rinli ,    deb hisoblayman . Qarorga muvofiq ,    mamlakatimizda    29 ta “ Zo‘rlik ishlatishdan    jabr    ko‘rgan shaxslarni    reabilitatsiya    qilish markazi ”    tashkil etildi.

    Hukumat qarori bilan tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga    ichki    ishlar organlari tomonidan himoya orderini berish tartibi belgilandi . Shuningdek,        Xotin -qizlarni    qo‘llab-quvvatlash    davlat    maqsadli    jamg‘armasi    faoliyati    tashkil    etildi . Moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalar ,    xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

        –    Milliy    strategiya    doirasida yoshlar ,    nogironlar ,    umuman ,    ijtimoiy ehtiyojmand insonlarni qo‘llab-quvvatlash borasida qanday amaliy ishlar qilinmoqda?

        –    Bu borada ,    xususan, 2021    yil    3    dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining    “ Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish ,    aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi farmoni hamda    “ Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish ,    aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

        Ushbu    hujjatlarga muvofiq ,    doimiy daromad manbaiga ega bo‘lmagan va ishsiz aholining ,    ayniqsa ,    yoshlar va xotin-qizlarning qiziqishlarini o‘rganish orqali ularni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘rgatuvchi o‘quv markazlariga yo‘naltirish hamda o‘qishni tamomlagan bitiruvchilarning bandligini ta’minlashga yordam berish ,    ishsizlarni ,    birinchi navbatda, “temir daftar”, “ayollar daftari ”    va    “ yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar va xotin-qizlarni bo‘sh ish o‘rinlariga joylashtirish hamda haq to‘lanadigan jamoat ishlariga ,    tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish mexanizmlari belgilandi.

    Prezidentimizning    2021    yil    17    fevraldagi Farmoyishi bilan    2021-2030    yillarda aholini ijtimoiy himoya qilish milliy strategiyasi konsepsiyasi tasdiqlangani ayni muddao bo‘ldi . Unga ko‘ra ,    ijtimoiy    nafaqa    olish    jarayonini    soddalashtirish    rejalashtirilgan,    ijtimoiy himoya sohasida yagona mas’ul    organ    tuzilgan.

    Vazirlar Mahkamasining    2021    yil    18    yanvardagi qarori bilan O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini    2025    yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlanganini ham qayd etish darkor . Konsepsiya    BMTning    “ Yoshlar    – 2030”    strategiyasida belgilangan    “ Yoshlar manfaatlarini ko‘zlab , ular    bilan ishlash ” bosh    tamoyiliga asoslangan.

        –    Prezidentimizning jahon minbarlaridan ilgari surgan tashabbuslari va O‘zbekistonning xalqaro shartnomalarda zimmasiga olgan majburiyatlari bajarilishi xususida ham muxtasar to‘xtalsangiz.

        –    O‘zbekiston Prezidentining    2021    yil    22 fevral    kuni    BMT    Inson huquqlari bo‘yicha kengashi    46-sessiyasining    oliy darajadagi Segmentida ilgari surgan tashabbuslarini amalga oshirish maqsadida    2021    yil    26    iyunda davlat rahbarining    “ Qiynoq holatlarini aniqlash va ularning oldini olish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi . Qarorga muvofiq:

    birinchidan,    qiynoq holatlarini aniqlash va ularning oldini olish bo‘yicha jamoatchilik guruhlarini tashkil qilish ,    ularning vazifalarini aniq belgilash , monitoring    tashriflarini muntazam ravishda amalga oshirish orqali qiynoq holatlarining bartaraf etilishiga erishish;

    ikkinchidan,    “Harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslarning yagona reyestri ” elektron    tizimini yuritishni yo‘lga qo‘yish;

    uchinchidan,    O‘zbekiston Respublikasining    BMT    Qiynoqlarga qarshi konvensiyasi    Fakultativ    protokoliga qo‘shilishi yuzasidan takliflarni ishlab chiqish;

    to‘rtinchidan,    qiynoqdan jabrlangan shaxslarga ijtimoiy ,    huquqiy ,    psixologik yordam ko‘rsatish belgilangan.

    Prezidentimiz    2022    yil    29    martda    “ O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga qiynoqqa solishdan jabrlanganlarga yetkazilgan zararni qoplash tartibini takomillashtirishga qaratilgan qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi . Qonunning maqsadi qiynoqqa solishdan jabrlangan shaxslarga yetkazilgan zararni    kompensatsiya    qilish tartibini huquqiy mustahkamlashdan iborat.

        Milliy strategiyaning ayni yo‘nalishida erishilgan yana bir muhim natija : 2021    yil    4    iyunda O‘zbekiston Xalqaro mehnat tashkilotining    “ Mehnat xavfsizligi va gigiyenasi to‘g‘risida”gi    187-son    konvensiyasini ratifikatsiya qildi.

    Shuni ham ta’kidlash joizki, 2021    yil    7    iyunda O‘zbekiston Respublikasi Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyani    ( Nyu York, 2000    yil, 13    dekabr )    ratifikatsiya qildi.

    O‘zbekiston Prezidentining    2021    yil    21    dekabrda qabul qilingan    “ Nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash ,    ularning bandligiga ko‘maklashish hamda ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan har yili    500    nafargacha nogiron yoshlarga axborot texnologiyalari ,    kompyuterda dasturlash amaliyoti ,    umumta’lim fanlari va xorijiy tillarni o‘rgatish ,    tadbirkor yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tganlarga asbob-uskuna va mehnat qurollarini xarid qilish uchun subsidiya ajratiladi.

        2022    yildan har yili tanlov asosida    20    nafargacha nogiron yoshlar xorijiy oliy o‘quv yurtlarida ,    onlayn kurslarda ta’lim oladi . Bundan tashqari ,    nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga subsidiya beriladi.

    Bundan tashqari ,    Milliy strategiya va ushbu hujjatni amalga oshirish bo‘yicha    “ Yo‘l xaritasi ”    ijrosi doirasida    2021-2025    yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi . Konsepsiya inson huquqlari va qonuniy manfaatlarini ,    demokratik qadriyatlarni himoya qilishda davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlar o‘rtasida ijtimoiy sheriklik munosabatlarini kuchaytirish masalalarini    o‘z ichiga olgan.