Barqaror rivojlanish markazi 

  • O‘zbek
  • Ўзбек
  • Русский
  • English
  • Français

Ijtimoiy adolat va inson qadri – Yangi O‘zbekiston barqaror taraqqiyot modelining ustuvor tamoyili

18-02-2026 66

Mamlakatimizda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi asosida kechayotgan ortga qaytmas yangilanish jarayonlarida ijtimoiy adolat tamoyillari muhim asos sifatida bo‘y ko‘rsatmoqda.

    Xalq fikri, odamlarni o‘ylantirayotgan masalalarni tahlil etish, o‘rganish, ularga yechim topish, hamyurtlarimizni hayotdan rozi etish bugungi islohotlarda ustuvorlik kasb etmoqda. Bu boradagi ezgu tashabbuslar xalqaro miqyosda ham yuksak e’tirof etilmoqda.    

    2009 yildan buyon har yili 20 fevral – Butunjahon ijtimoiy adolat kuni (World Day of Social Justice) sifatida nishonlanadi. Ushbu kunning asosiy maqsadi kambag‘allik, ishsizlik, gender tengsizligi va ijtimoiy chetlanish kabi global muammolarga e’tibor qaratish hamda jamiyatda adolatli, teng huquqli va inklyuziv muhitni yaratishga chaqirishdir.    

    Barqaror rivojlanish markazi bo‘lim boshlig‘i Jahongir Isayev O‘zA muxbiriga mazkur sana, mamlakatimizda ijtimoiy adolat tamoyillarining ustuvorligi xususida quyidagilarni gapirib berdi:

– 20 fevral – Butunjahon ijtimoiy adolat kuni xalqaro hamjamiyat hayotida shunchaki ramziy sana emas. Bu kun inson qadrini ulug‘lash, teng imkoniyatlarni ta’minlash, munosib mehnatni qaror toptirish va kambag‘allikka qarshi kurashishni global taraqqiyot kun tartibining markaziga olib chiqadigan muhim ijtimoiy-siyosiy mezondir. Mazkur g‘oyalar bugun Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining mazmun-mohiyatini belgilab berayotgan ustuvor tamoyillar bilan to‘liq uyg‘unlashmoqda.

    XXI asr taraqqiyot tajribasi shuni yaqqol ko‘rsatdiki, ijtimoiy adolat ta’minlanmagan jamiyatda barqaror rivojlanishga erishib bo‘lmaydi. Iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlari qanchalik yuqori bo‘lmasin, uning natijalari aholi qatlamlari o‘rtasida adolatli taqsimlanmasa, jamiyatda ijtimoiy ishonch susayadi, tengsizlik chuqurlashadi, natijada davlat va aholi o‘rtasida uzoqlashuv yuzaga kelib, o‘zaro mas’uliyat va ishonch asoslari zaiflashadi.

    Shu bois Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish maqsadlari tizimida ijtimoiy adolat markaziy g‘oya sifatida belgilangan bo‘lib, u kambag‘allikka barham berish (BRM–1), munosib mehnat va iqtisodiy o‘sishni ta’minlash (BRM–8) hamda tengsizlikni qisqartirish (BRM–10) maqsadlari bilan uzviy bog‘langan.

    Hozir dunyoda qariyb 700 million inson hanuz o‘ta kambag‘al sharoitda hayot kechirayotgani ijtimoiy adolat masalasi global xavfsizlik va barqaror taraqqiyotning hal qiluvchi omiliga aylanganini ko‘rsatadi. Rasmiy bandlik darajasi past, ijtimoiy himoya tizimi zaif bo‘lgan mamlakatlarda tengsizlik iqtisodiy o‘sishni cheklovchi asosiy to‘siqlardan biriga aylanmoqda. Demak, ijtimoiy adolat — faqat ijtimoiy siyosat yo‘nalishi emas, balki milliy rivojlanishning strategik sharti.

    O‘zbekiston mazkur global tamoyillarni shunchaki qo‘llab-quvvatlayotgan davlat emas, balki ularni milliy taraqqiyot modeliga izchil tatbiq etayotgan mamlakat sifatida namoyon bo‘lmoqda. So‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning g‘oyaviy negizini “Davlat — inson uchun” degan tamoyil tashkil etadi. Inson qadrini ulug‘lash konsepsiyasi davlat siyosatining bosh mezoniga aylanib, boshqaruv tizimi, iqtisodiy yangilanishlar, ijtimoiy himoya, ta’lim va hududiy rivojlanish jarayonlarida ustuvor yo‘nalish sifatida qaror topmoqda.

    Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Islohotlar natijasi avvalo oddiy inson hayotida sezilishi kerak”, degan g‘oyasi ijtimoiy adolatni deklaratsiya emas, balki aniq siyosiy majburiyat sifatida belgilab berdi.

    Kambag‘allikka qarshi kurash O‘zbekistonda ilk bor tizimli va institutsional davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Eng muhimi, kambag‘allik endi ijtimoiy holat sifatida qabul qilinmayapti, balki uni qisqartirish va bartaraf etish davlatning aniq vazifasi sifatida qaralmoqda. Manzilli ijtimoiy himoya mexanizmlari, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” kabi amaliy instrumentlar, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikni rag‘batlantirish va aholini iqtisodiy faollikka jalb etish orqali ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning mutlaqo yangi modeli shakllandi.

    Bu yondashuv insonni ijtimoiy nafaqa oluvchi emas, balki iqtisodiy jarayonlarning faol ishtirokchisiga aylantirishga qaratilgani bilan ahamiyatli.

    Ijtimoiy adolatning iqtisodiy poydevori munosib mehnatdir. Inson o‘z mehnati orqali barqaror daromad topa olmas ekan, jamiyatda teng imkoniyatlar haqida so‘z yuritish mushkul. Shu sababli mamlakatimizda bandlik siyosati faqat ish o‘rinlari yaratish bilan cheklanmasdan, mehnat munosabatlarini sifat jihatdan takomillashtirish, norasmiy sektorni qisqartirish, mehnat huquqlari himoyasini kuchaytirishga qaratilmoqda.    

    Yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash, zamonaviy kasblarga tayyorlash va tadbirkorlik muhitini rivojlantirish orqali iqtisodiy o‘sish va ijtimoiy barqarorlik o‘rtasida mustahkam bog‘liqlik ta’minlanmoqda. Bu chora-tadbirlar BRM–8 doirasida ijtimoiy adolatni iqtisodiy o‘sish bilan bog‘layotgan muhim mexanizm sifatida namoyon bo‘lmoqda. Prezidentimiz tomonidan bir necha bor ta’kidlangan “Kambag‘allikka qarshi kurash — bu insonni mehnat orqali qadrli qilish” g‘oyasi bu yo‘nalishning asosidir. Munosib mehnat nafaqat daromad manbai, balki inson qadrini ta’minlovchi asosiy omildir.

    Shu bilan birga, ijtimoiy adolat hududlar o‘rtasida

Маnba