Barqaror rivojlanish markazi 

  • O‘zbek
  • Ўзбек
  • Русский
  • English
  • Français

Gender tengligiga erishishda ommaviy axborot vositalarning o‘rni

17-05-2022 674

    O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida inson huquqlarini ta’minlashning ustuvor yo‘nalishlardan biri    gender    tenglik    –    samarali iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot omili hisoblanadi . Mamlakatimizda xotin-qizlarning o‘z imkoniyatlarini to‘laqonli ro‘yobga chiqarishlari uchun barcha shart-sharoitlarni ta’minlash davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.    Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining    2015    yilning sentyabr oyida Barqaror rivojlanish bo‘yicha o‘tkazilgan sammitida qabul qilingan    70-sonli    rezolyutsiyasiga muvofiq ,    2030    yilgacha bo‘lgan davrda    BMT    Global kun tartibining Barqaror rivojlanish maqsadlarini izchil amalga oshirish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining    2018    yil    20    oktyabrdagi    841-sonli “2030    yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi.    Unga ko‘ra ,    O‘zbekistonda Barqaror rivojlanishning Beshinchi maqsadini amalga oshirish doirasida    “ Gender tenglikni ta’minlash hamda barcha xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish”ga oid to‘qqizta vazifa ishlab chiqildi . Ushbu vazifalarni amalga oshirishda    mamlakatimiz ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida salohiyat va imkoniyatlari ortib borayotgan ommaviy axborot vositalari,    jumladan ,    internet va ijtimoiy tarmoqlar ham axborot manbai va muloqot vositasi sifatida    muhim rol o‘ynaydi . Aynan ommaviy axborot vositalari jamiyatda gender tengligini ta’minlashda muhim integrator vazifasini bajarishi mumkin.

    Ayniqsa ,    bugungi kunda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi munosabati bilan ommaviy axborot vositalarining huquqiy ong va madaniyatni shakllantirishda tobora muhim va ayni paytda ,    ko‘p qirrali siyosiy ta’siri sezilmoqda . Axborot bilan ta’minlash darajasi ommaviy axborot vositalarining siyosiy roli va faolligi yanada oshganligini namoyon qilmoqda . Shuningdek ,    ayollarning jamiyatdagi o‘rni ,    o‘z navbatida ,    ommaviy axborot vositalarining siyosiy faoliyatda yetakchi ayollarning mavqeiga ta’siri kuchaydi.

    O‘zbekistonning barqaror siyosiy ,    iqtisodiy ,    ijtimoiy va ma’naviy rivojlanishida xotin-qizlarning davlat va jamiyatdagi mavqeini sezilarli darajada barqarorlashtirish ,    ayollarning ijtimoiy va siyosiy jarayonlarga faol integratsiyalashuvi orqali gender tengligini ta’minlashda OAVlarining ishtiroki juda muhim . Tan olib aytish kerakki ,    bugungi kunda bosma ,    vizual va elektron ommaviy axborot vositalari xotin-qizlar hayotining rang-barangligi ,    jamiyat rivojiga qo‘shayotgan hissasi to‘g‘risida xolisona va aniq tasavvur bera olmayapti.

    Davlat tomonidan keng ko‘lamli axborot imkoniyatlaridan foydalanish gender tengligi siyosatini muvaffaqiyatli amalga oshirish omillaridan biridir . BMT, BMT    Taraqqiyot Dasturi ,    tashkilotning Ayollar fondi    (UNIFEM – United Nations Development Fund for Women),    Bolalar fondi    ( UNICEF    –    United Nations International Children's Emergency Fund)    hamda Yevropa Kengashi faoliyatida dunyo hamjamiyatining ayollarga e’tiborini kuchaytirishga erishish ,    xotin-qizlardan taraqqiyotning siyosiy mexanizmi sifatida hamda rivojlanishning istiqbolli strategik resursi sifatida foydalanish bo‘yicha xalqaro strategiya va yondashuvlar ommaviy axborot vositalarida tizimli ravishda yoritib kelinmoqda.

    Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki ,    ommaviy axborot vositalarida faoliyat yurituvchi ayollar soni global miqyosda tobora ortib bormoqda ,    shu bilan birga ,    erkaklarning rahbarlik lavozimlarini    ( prodyusserlar ,    rahbarlar ,    bosh muharrirlar va noshirlar )    egallashi yanada ko‘proq kuzatilmoqda . Bu kabi tengsizlikning ko‘rinishlari turli sohalarda ,    jumladan ,    siyosat ,    xorijiy davlatlar hududida jurnalistik faoliyat olib borishda ,    sport jurnalistikasi sohalarida ,    tungi ish smenasida ishlashda yaqqol ko‘zga tashlanmoqda.

        Global Media Monitoring Project (GMMP)    hisobotiga ko‘ra ,    butun dunyo bo‘ylab ayol jurnalistlarga oila ,    turmush tarzi ,    moda va san’at kabi    “ yengil ”    mavzular ko‘proq topshiriladi . Siyosat ,    iqtisodiyot ,    texnika yo‘nalishidagi    “ og‘ir ”    yangiliklarning ayollar tomonidan yozilishi va yoritilishi holatlari kamroq.

    Aynan    OAV    kontentida gender tengsizlik ,    eskicha qarashlar yoki kamsitish alomatlari borligi ,    bundan tashqari ,    ommaviy axborot vositalarida gender stereotiplarining saqlanib qolishi ,    ijtimoiy tarmoqlarda nozik jins vakillariga nisbatan nafrat nutqining keng tarqalganligi ,    kontr-stereotiplarning kamligi va ommaviy axborot vositalarida ayollarga nisbatan zo‘ravonlik kabi masalalarning ko‘pincha shov-shuvli tarzda yoritilishi jurnalistlarning zarur tayyorgarlikka ega emasligining belgisi hisoblanadi.

        2013    yilda Yevropa Kengashi Vazirlar qo‘mitasi tomonidan gender tengligi va ommaviy axborot vositalari bo‘yicha tavsiyanoma qabul qilingan bo‘lib ,    unda qo‘yidagi    6    ta yo‘nalish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan    16    ta chora-tadbir belgilab qo‘yilgan:

        1. Gender    tengligi siyosati va qonunchiligi ,    ko‘rsatkichlar

        2. Axborot bilan ta’minlash va ilg‘or tajribalarni targ‘ib qilish

        3. Hisobot berish kanallari

        4. Tadqiqot va nashrlar

        5. Mediasavodxonlik    

        6. Faol fuqarolik.

        2015    yilda esa ushbu tavsiyalarning a’zo davlatlar tomonidan amalga oshirilishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha keng qamrovli yo‘riqnomalar aks etgan qo‘llanma nashr etilgan . Gender    stereotiplari va seksizmga qarshi kurashish ,    jumladan ,    ommaviy axborot vositalari orqali kurashish    – Yevropa    Kengashi    gender    tengligi bo‘yicha strategiyasining ustuvor vazifalaridan biridir.

        Gender    tengligi bo‘yicha    komissiya Yevropa    Kengashining    2018–2023    yillarga mo‘ljallangan    gender    tengligi strategiyasining oltita maqsadini amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlaydi.

    Ommaviy axborot vositalari ,    shuningdek , internet    va sun’iy    intellekt gender    tengligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi . Gender    tengligini ta’minlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ,    shuningdek ,     ushbu sohalarga    gender    tengligi istiqbollarini    integratsiya    qilish ushbu sektorlarning haqiqatan ham    inklyuziv    bo‘lishini va    ular    ijtimoiy o‘zgarishlarga hissa qo‘shishini ta’minlash uchun    juda    muhimdir.

    YUNЕSKOning    Global    ustuvor    “gender    tengligiga ”    muvofiq ,    tashkilot    2030    yilgacha ommaviy axborot vositalarida    gender    tengligiga to‘liq erishishga hissa qo‘shib kelmoqda . Genderga yo‘naltirilgan    media    ko‘rsatkichlari ommaviy axborot vositalariga ularning mazmuni va ishini tahlil qilish uchun keng qamrovli asosni taqdim etadi va    butun    dunyo bo‘ylab    media    tashkilotlari ishtirokidagi ta’lim tashabbuslari uchun asos bo‘ladi.

        YUNЕSKO    mutaxassislari va    media    ekspertlari tomonidan    mass-media    uchun    gender    sezuvchan indikatorlar ishlab chiqilgan ,    ularning maqsadi    “ foydalaniladigan texnologiyalardan qat’i nazar barcha turdagi ommaviy axborot vositalari orqali    gender    tenglikka ko‘maklashish hamda xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish”dan iborat . YUNЕSKO    tashabbusi bilan tashkil etilgan ommaviy axborot vositalari va    Gender    siyosati muammolari bo‘yicha    Global    alyans    gender    tengligi sohasidagi    strategiya    va siyosat bo‘yicha sa’y-harakatlar hamda tadqiqotlarni muvofiqlashtirish uchun dunyoning har bir mintaqasidan yuzlab tashkilotlarni birlashtiradi.

    Bugungi o‘zbek jurnalistikasida ,    ko‘pincha matbuotda , TV, radio,    internetda ,    umuman massmediada ,    shuningdek ,    reklamada    gender    stereotiplarga ega kontentlar ko‘plab uchramoqda.

    Mavjud    stereotiplar borasida so‘z yuritilar ekan , shu    o‘rinda    Prezident Shavkat    Mirziyoyevning    2019    yil    iyun    oyida o‘tkazilgan Oliy Majlis Senati yig‘ilishidagi nutqidan    iqtibos    keltirish joiz:

        “Meni    kishilarimizning ongida paydo bo‘lgan    stereotip    ko‘p o‘ylantiradi . Odatda ,        biz ayolni avvalambor    ona,    oila qo‘rg‘onining qo‘riqchisi sifatida hurmat qilamiz . Bu ,    shubhasiz ,    to‘g‘ri . Ammo bugun har bir ayol oddiy kuzatuvchi emas , balki    mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik o‘zgarishlarning faol va tashabbuskor ishtirokchisi ham bo‘lishi kerak”.

    Mamlakatda so‘nggi yillarda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini har tomonlama ta’minlashga qaratilgan ,    jumladan , gender    tenglik masalasiga oid    25 ta normativ- huquqiy hujjat qabul qilindi.

    Xotin-qizlar va oilalar bilan ishlash tizimini yanada mustahkamlash maqsadida ,    O‘zbekiston Respublikasining    Gender    tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiyasi tuzildi ,    O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida alohida qo‘mita tashkil etildi.

    Aytish joizki ,    so‘nggi yillarda ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida O‘zbekiston tarixida ilk marotaba milliy parlamentda xotin-qizlar    soni BMT    tomonidan belgilangan tavsiyalarga mos darajaga yetdi.

    Siyosiy partiyalardagi xotin-qizlar ulushi    44    foizga ,    oliy ta’lim sohasida    40    foizga ,    tadbirkorlikda    35    foizga yetdi ,    xotin-qizlar axborot -kommunikatsiya, innovatsiya, energetika,    muxandislik sohalariga keng jalb etilmoqda.

    Amalga oshirilgan tizimli ishlar natijasida O‘zbekiston Parlamentlararo Ittifoqning    2021    yilgi    “ Siyosatdagi ayollar ”    jahon reytingida    45-o‘rinni    egalladi . Bu borada mamlakatimiz    130 dan    ortiq davlatlar ,    jumladan , Germaniya, Avstraliya, Kanada, AQSH,    Markaziy Osiyoning barcha davlatlari va boshqalarni ortda qoldirdi.

    Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda boshqaruv tizimida ayollar ulushi    33    foizga yetdi . Yurtimiz bo‘yicha bir    yarim    mingga yaqin xotin-qizlar ,    turli darajadagi rahbarlik lavozimlarida ishlamoqda.

    81 ta    vazirlik va idorada ilg‘or ,    bilimli ayollardan iborat    15    ming    nafardan ortiq kadrlar zaxirasi shakllantirildi.

    Fuqarolar yig‘iniga bo‘lib o‘tgan so‘nggi saylovlarda    1025    nafar ayol saylandi . Tashkilot va korxona rahbarlarining    45,3    foizi ayollarni tashkil etadi . Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy sohalarda    82    foiz , fan,    ta’lim , madaniyat ,    san’at sohasida    72    foiz ,    qishloq xo‘jaligida    45    foiz ,    sanoatda    38    foiz tadbirkorlik yo‘nalishida    29    foiz ayollar faoliyat yuritmoqda.

        Ichki    ishlar vazirligi tizimida    16    nafar ayol rahbarlik lavozimlariga tayinlandi.

    O‘zbekistonda ayol hokimlar    soni 6    kishiga yetdi ,    Isroil davlatiga ayol elchi tayinlangani bilan    lider    ayollar mavzusi qizg‘in muhokama obyektiga aylandi.

        Senat    raisligiga ayol kishining saylanishi orqali O‘zbekiston    Senat     rahbari ayol    kishi    bo‘lgan sanoqli —        56        ta    davlat safiga kirdi.

    Yuqorida ta’kidlangan islohotlarni targ‘ib qilishda    OAV    eskirgan qarashlarni bartaraf etib , gender    tenglik va adolat masalalarini yoritish ,    siyosiy-iqtisodiy mavzudagi xabarlarni yoritishda xotin-qizlar va erkaklarni xolis tasvirlash yo‘li bilan OAVda erkaklar va ayollarning adolatli tasvirini yaratishga imkon yaratadi.

    OAVda    gender    yondashuv tarbiyaviy vazifani ham bajarishi kerak . Misol uchun , gender    tenglik mavzusini yoritish orqali jurnalistlar auditoriyani bunga chorlashi ,    ularda ushbu mavzuga nisbatan bag‘rikenglikni tarbiyalashi kerak . Bu esa ma’naviy va aqliy immunitetni rivojlantirish ,    axborot xurujlariga bardoshli bo‘lish va dunyoga o‘z haqiqatini ,    ovozini yetkazish yo‘llarini mudom izlashni talab etadi.

    Mamlakatimizdagi ommaviy axborot vositalari xodimlari , jurnalistika    ta’lim dargohlarining    professor- o‘qituvchilari va axborotlashtirish sohasi mas’ul idoralari vakillari bugun mamlakatimizga nisbatan axborot xuruji ,    ijtimoiy tarmoqlardagi    dezinformatsiya    bo‘roni uchun mas’ul shaxslar hisoblanadi.

    Bugun ijtimoiy tarmoqlar ham ma’lum ma’noda ommaviy axborot vazifasini bajarmoqda . Dastlab    ular    o‘zaro muloqot qilish maydoni sifatida yuzaga kelgan . Ularning an’anaviy OAVdan farqi shundaki ,    birinchi navbatda ,    ijtimoiy tarmoqda tarqatilayotgan axborotlarning xolis va to‘g‘riligi    doim    savol ostida qolmoqda . Ustun jihati esa ,    ijtimoiy tarmoqda    yuz    berayotgan voqea-hodisalar va axborotlarga nisbatan munosabat ,    fikr bildirish ,    muloqot jarayonida qatnashish mumkin . Biroq ,    aksariyat holatlarda muloqotlar va izoh qoldirish sog‘lom muhitda sodir bo‘lmayapti . Foydalanuvchilar o‘rtasida diniy ,    irqiy ,    etnik mojarolar kelib chiqmoqda.

    Albatta ,    ommaviy axborot vositalari xodimlari zimmasida jamiyatdagi mushtarak jarayonlarni yaqindan o‘rganib ,    ularni yanada kengroq ommaga tanitish vazifasi    bor. Vaholanki ,    ommaviy axborot vositalari tizimida    gender    tengligi va kasbdagi    gender    tengsizlikni kengroq yoritishdan tortib , jurnalist    ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka    chek    qo‘yish va qarorlar qabul qilishda ayollarning cheklangan vakilligini hal qilishgacha bo‘lgan qator sohalarda yanada keng ko‘lamli sa’y-harakatlarni amalga oshirish talab etiladi.

    BMTning Ayollar maqomi bo‘yicha komissiyasi ,    Ayollarga nisbatan kamsitishlarga barham berish qo‘mitasi va Inson huquqlari bo‘yicha kengash darajasidagi yig‘ilishlarda ishtirok etish orqali mamlakatimizda xotin-qizlar kamsitilishiga qarshi kurashish maqsadida bir qator xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikda izchil loyihalar amalga oshirilib kelinmoqda.

    Barqaror rivojlanishning Beshinchi maqsadi vazifalari    (Gender    tenglik)ga muvofiq , 2030    yilga kelib barcha xotin-qizlarga nisbatan kamsitishlarning har qanday shakliga barham berish ,    siyosiy ,    iqtisodiy va ijtimoiy hayotda qarorlar qabul qilishning barcha darajalarida ayollarning to‘liq va samarali ishtirokini va yetakchilik qilish uchun teng imkoniyatlarni ta’minlash zarur . Bundan tashqari ,    ushbu maqsad    Davlat    dasturlarini qabul qilish jarayonida davlat tuzilmasining turli darajalarida    gender    tenglik tamoyillarini joriy qilishni o‘z    ichiga    oladi.

        Gender    tenglikni ta’minlash ,    ayollarning ijtimoiy va siyosiy hayotdagi rolini oshirish bo‘yicha ishlar bir necha yo‘nalishlarda olib borilmoqda:

        •    ayollar huquqlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish;

        •    ayollarni himoya qilishning institutsional asoslarini takomillashtirish;

        •    aholining    gender    tenglik va ayollar huquqlari borasidagi xabardorligini oshirish;

        •    huquqni qo‘llash amaliyotida ularga rioya etilishini ta’minlash uchun mas’ul mansabdor shaxslarni tegishli huquqiy me’yorlar asosida o‘qitish.

    So‘nggi yillarda    gender    tenglikni ta’minlash maqsadida    O‘zbekistonda    bir qator qonun hujjatlari qabul qilindi . Xususan , 2019    yilda qabul qilingan    “ Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida ”    gi, “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida ”    gi    qonunlar hamda    ayollar tadbirkorligini rivojlantirish ,    ularning maqomini kuchaytirishga oid bir qator farmon va qarorlar qabul qilindi.    Xotin-qizlar uchun zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish ,    o‘z joniga qasd qilishning oldini olishga qaratilgan    197    ta markaz ,    yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash bo‘yicha    200    dan ortiq innovatsion maktablar tashkil etildi.

        O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning    2020    yil    29    dekabrda Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida ilgari surilgan muhim masalalardan biri    –    xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi o‘rni va nufuzini oshirish ,    ularga yangi imkoniyatlar yaratish masalasi edi.    Shuningdek , 2021    yil    22    fevralda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson xuquqlari bo‘yicha kengashining    46-sessiyasidagi    nutqida davlatimiz rahbari    “ Gender siyosati masalalari borasida mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida va ishbilarmonlik sohasida ayollarning rolini tubdan oshirishga qaratilgan ishlarni qatiy davom ettirish ”    masalasini alohida qayd etib o‘tdi.

        2017    yildan    SHHT    va    BRIKS    mamlakatlari xotin-qizlarining xalqaro Kongressi bo‘lib o‘tdi . 2017    yilda    SHHT    va    BRIKS    mamlakatlari xotin-qizlarining birinchi xalqaro Kongressi    “ Zamonaviy jamiyatda xotin-qizlarning o‘rni :    siyosat ,    iqtisodiyot ,    fan ,    ta’lim va madaniyat sohasidagi hamkorlik ”    mavzusiga bag‘ishlandi . Kongressda Hindiston ,    Qozog‘iston ,    Xitoy ,    Mo‘g‘uliston ,    Pokiston ,    Tojikiston ,    O‘zbekiston va boshqa davlatlardan    300    dan ortiq xotin-qizlar tashkiloti vakillari ishtirok etdi . 2019    yilning    15-16    may kunlari Bishkek shahrida Shanxay Hamkorlik Tashkiloti mamlakatlari ayollarning ikkinchi forumi bo‘lib o‘tdi.    Forum doirasida    “ SHHTga a’zo davlatlar mintaqaviy hamkorligining gender jihatlari”, “Mintaqaning barqaror va inklyuziv iqtisodiy rivojlanishida ayollarning ishtiroki”, “Sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalariga investitsiyalar :    mintaqaviy hamkorlik uchun imkoniyatlar”, “Imkoniyatlarning tengligi uchun innovatsiyalar va raqamlashtirish davri”, “Ayollar va qizlarning ahvolini yaxshilash uchun mintaqaviy chaqiriqlar va imkoniyatlar ”    kabi beshta sessiya bo‘lib o‘tdi.

        BMT    ma’lumotlariga ko‘ra ,    dunyoda    15–19    yosh oralig‘idagi har to‘rt nafar qizdan biri ishlash ,    o‘qish va kasbiy tayyorgarlikdan o‘tish imkoniyatiga ega emas . Demak ,    kelajagimizning kamida    1/4    qismi xavf ostida.

    To‘g‘ri , OAV    va ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning kamsitilishi ,    ularning oddiy insoniy huquqlari buzilishi bilan bog‘liq jiddiy ijtimoiy illatlar qalamga olinmoqda ,    oilaviy ,    maishiy zo‘ravonlikka uchrayotgan ayollar taqdiri yoritilmoqda . Bu jamiyatimizda hanuzgacha ko‘p uchrayotgan    –    erta turmushga berish    ( majburlab ),    qizning xohishiga zid tarzda yoqtirmaganiga uzatish ,    qizning o‘qishiga ,    yetuk mutaxassis bo‘lishiga ishonmaslik va hokazo illatlarning mavjudligini namoyon etmoqda hamda aynan ana shu illatlar chin iste’dodlarimizning yuzaga chiqmay qolishiga sabab bo‘lmoqda . Bu illatlar yo‘qolmas ekan ,    xotin-qizlar huquqlari buzilaveradi ,    ular o‘zining to‘liq salohiyatini ko‘rsata olmay o‘tib ketaverishadi.

    Demak , OAV    vakillari ,    jurnalistlar yuqoridagi kabi mavzularni yoritishar ekan ,    vaziyatni ma’lum gender indikatorlari prizmasi orqali tahlil qila bilishi darkor .     Bunda    jurnalistik etikaga ,    shaxs daxlsizligi prinsiplariga qat’iy rioya etish talab etiladi . Voqea-hodisaning    OAV    yoki ijtimoiy tarmoqda keng muhokama etilishi ortidan taqdiri muhokama etilayotgan ayol yoki qizning keyingi hayoti ,    jamiyatdagi mavqei ,    sha’ni va qadr-qimmati toptalmasligi zarur .    

    Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda ,    xulosa o‘rnida ta’kidlash joizki ,        jurnalistlarimiz ommaviy axborot vositalarining jamiyatda ayollarga nisbatan sog‘lom munosabatni ,    boshqacha aytganda ,    yuksak    gender    tafakkurni shakllantirishga bevosita va bilvosita mas’ul ekanligini his etgan holda faoliyat yuritishlari darkor.    

    Gulhayo    BARNOYEVA,

    Barqaror rivojlanish markazi    “ Barqaror rivojlanish jarayonlarini o‘rganish ”    bo‘limi    bosh    ilmiy xodimi