Barqaror rivojlanish markazi 

  • O‘zbek
  • Ўзбек
  • Русский
  • English
  • Français

Barqaror rivojlanish markazi vakillari AQShda xotin-qizlar biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalarini muhokama qildi

03-11-2026 20

    Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi, Toshkent shahar Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash markazi, Barqaror rivojlanish markazi,        hamda xalqaro Business Diplomat missiyasi vakillaridan iborat delegatsiya AQSHga tashrifi doirasida Amerika investitsiya va savdo-sanoat palatasida tashkil etilgan uchrashuvda ishtirok etdi.

    Tadbirda Barqaror rivojlanish markazi bo‘lim boshlig‘i Avazbek Xalbekov ham qatnashdi.

    Muloqot davomida O‘zbekistonda xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish, ularning iqtisodiy faolligini oshirish, biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, moliyaviy va investitsiyaviy imkoniyatlardan foydalanish ko‘lamini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida fikr almashildi.

    Shuningdek, xotin-qizlarning tadbirkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularni xalqaro biznes jarayonlariga jalb etish, tajriba almashish va istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari yuzasidan amaliy takliflar muhokama qilindi.