Barqaror rivojlanish markazi 

Sayt sinov rejimida ishlamoqda
  • O‘zbek
  • Ўзбек
  • Русский
  • English
  • Français

Barqaror rivojlanish markazi vakili yettinchi milliy dastur muhokamasida ishtirok etdi

09-09-2026 84

    2026-yil 8-sentabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi hamda Qoʻmita huzuridagi Jamoatchilik kengashining qoʻshma yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

    Yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan mamlakatimiz davlat mustaqilligining 35 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimda belgilab berilgan yettita milliy dasturdan biri — Oʻzbekistonning tinchlik va doʻstlik diyori, bagʻrikeng oʻlka sifatidagi nufuzini har tomonlama yuksaltirishga qaratilgan yettinchi milliy dasturning ustuvor vazifalari muhokama qilindi.

    Tadbirda Barqaror rivojlanish markazi vakili J. Isayev ishtirok etib, milliy dasturning amaliy samaradorligini oshirishga qaratilgan taklif va tavsiyalarni bildirdi.

    Xususan, dastur natijalarini aniq indikatorlar asosida baholash, jamiyatda totuvlik va bagʻrikenglik muhitini muntazam monitoring qilish, hududlarda ijtimoiy totuvlik holatini tahlil etish, milliy madaniy markazlarni qoʻshma ijtimoiy loyihalarga keng jalb qilish, yoshlar oʻrtasida muloqot va mediasavodxonlikni kuchaytirish, raqamli makonda dezinformatsiyaga qarshi maʼrifiy mexanizmlarni rivojlantirish, konfessiyalararo amaliy hamkorlik va xalq diplomatiyasi imkoniyatlaridan samarali foydalanish yuzasidan takliflar ilgari surildi.

    Shuningdek, Oʻzbekistonning tinchlik, millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglik sohasidagi tajribasini xalqaro maydonda ilmiy-tahliliy va amaliy formatlarda kengroq taqdim etish muhimligi taʼkidlandi.

    Mazkur yoʻnalishlar Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT), avvalo, 16-barqaror rivojlanish maqsadi — «Tinchlik, adolat va samarali institutlar», shuningdek, 10- va 17-maqsadlar bilan hamohang ekani qayd etildi.