O‘zbekiston delegatsiyasining AQSHga tashrifi doirasida Barqaror rivojlanish markazi bo‘lim boshlig‘i Avazbek Xolbekov Birlashgan Millatlar Tashkiloti qarorgohida bo‘ldi. Tashrif doirasida barqaror rivojlanish maqsadlari bo‘yicha xalqaro tajriba almashish va hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan muloqotlar o‘tkazildi.