Barqaror rivojlanish markazi Xorazm viloяti bo‘linmasi tashabbusi bilan Kanadaning Vankuver shahrida joylashgan TBI “Technology Consulting” kompaniяsi hamda oliy ta'lim muassasalari o‘rtasida axborot texnologiяlari sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Muloqotda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti va RANCh texnologiя universiteti bilan hamkorlikda sun'iy intellekt va axborot texnologiяlari yo‘nalishlarida ta'limni tashkil etish, jahon andozalariga mos o‘quv dasturlarini ishlab chiqish hamda zamonaviy ta'lim tajribalarini o‘quv jarayoniga tatbiq etish imkoniяtlariga alohida e'tibor qaratildi.
Uchrashuv яkunida ma'lumotlarni modellashtirish, biznes-tahlil, sifatli dasturiy ta'minot яratish, operatsion tizimlar, dasturlash va dasturiy ta'minot loyihalarini boshqarish kabi yo‘nalishlarda ta'limni tashkil etish bo‘yicha ta'lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mazkur kelishuv axborot texnologiяlari sohasida zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega mutaxassislarni tayyorlash, ta'lim dasturlarini xalqaro tajriba asosida takomillashtirish hamda oliy ta'lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash uchun muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.
Tashabbus 2030 yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarning 4-maqsadi — “Umumqamrovli va adolatli sifatli ta'limni ta'minlash hamda barchaga butun umri davomida ta'lim olish imkoniяtini rag‘batlantirish” bilan hamohangdir.
Bugungi kunda raqamli texnologiяlar va sun'iy intellekt jamiяt hayotining barcha sohalariga jadal kirib bormoqda. Bu esa ta'lim tizimi oldiga яngi talablarni qo‘yib, yoshlarga nafaqat nazariy bilim berish, balki ularni zamonaviy texnologiяlar bilan ishlash, muammolarni tahlil qilish va innovatsion yechimlar ishlab chiqishga o‘rgatish zaruratini kuchaytirmoqda.
Shu nuqtai nazardan, xalqaro hamkorlik asosida яngi ta'lim yo‘nalishlarini rivojlantirish, o‘quv dasturlarini mehnat bozori talablariga moslashtirish va talabalarning kasbiy salohiяtini oshirish sifatli ta'limni ta'minlashning muhim omillaridan hisoblanadi.
Memorandum doirasida belgilangan hamkorlik yo‘nalishlari amaliyotga tatbiq etish, Xorazm viloяti yoshlari uchun zamonaviy kasblarni egallash, raqamli iqtisodiyot sharoitida raqobatbardosh bo‘lish va xalqaro mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar bo‘yicha bilim olish imkoniяtlari kengaytiradi.
Ushbu tashabbus ta'lim va innovatsiяlarni o‘zaro uyg‘unlashtirish, xalqaro tajribani mahalliy ta'lim tizimiga olib kirish hamda Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yo‘lidagi amaliy hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan.