Barqaror rivojlanish markazi hamda Tojikistonning Xalqaro turizm va tadbirkorlik universiteti huzuridagi Barqaror rivojlanish va yashil iqtisodiyot ilmiy-tadqiqot instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Memorandum doirasida barqaror rivojlanish, yashil iqtisodiyot va ekologik xavfsizlik yo‘nalishlarida qo‘shma tadqiqotlar olib borish, ilmiy-ekspert almashinuvini kengaytirish, konferensiya va seminarlar tashkil etish hamda hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirish nazarda tutilgan.
Mazkur kelishuv ikki mamlakatning ilmiy va jamoatchilik institutlari o‘rtasida amaliy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.