2026-yil 16-oktyabr kuni Suv sohasida barqaror rivojlanish markazida «Iqlim o‘zgarishi sharoitida suv tejovchi texnologiyalar samaradorligini oshirish hamda sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha istiqbolli yondashuvlar» mavzusida II Ekspertlar kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Barqaror rivojlanish markazi bo‘lim boshlig‘i Avazbek Xalbekov suv tejovchi texnologiyalarni baholash va qo‘llashga doir qator konseptual takliflarni ilgari surdi. Xususan, texnologiyalar samaradorligini faqat tejalgan suv hajmi bilan emas, balki hosildorlik, yerning meliorativ holati, iqtisodiy va ekologik samara bilan kompleks baholash taklif etildi.