Barqaror rivojlanish markazi 

Sayt sinov rejimida ishlamoqda
  • O‘zbek
  • Ўзбек
  • Русский
  • English
  • Français

«Mintaqaviy iqtisodiyotning zamonaviy muammolari» mavzusidagi xalqaro ilmiy to‘plam nashr etildi

16-10-2026 12

    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi «O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari» ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan    «Mintaqaviy iqtisodiyotning zamonaviy muammolari: tajriba, tendensiyalar va istiqbollar» IV xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari to‘plami nashr etildi.

    Mazkur to‘plamdan O‘zbekiston, Rossiya, Xitoy, AQSH, Misr, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va boshqa mamlakatlarning yetakchi        ilmiy-tadqiqot markazlari olim va mutaxassislarining mintaqaviy iqtisodiyotning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan ilmiy ishlari o‘rin olgan.

    To‘plamda «Barqaror rivojlanish markazi» bo‘lim boshlig‘i Avazbek Xalbekovning ham mintaqaviy iqtisodiyot va barqaror rivojlanish masalalariga bag‘ishlangan ilmiy izlanishlari kiritilgan.

    Ushbu nashr mintaqaviy iqtisodiyot sohasidagi ilmiy qarashlar va xalqaro tajribalar bilan tanishish, mavjud muammolarni tahlil qilish hamda hududlarni barqaror rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama etish uchun muhim ilmiy-amaliy manba bo‘lib xizmat qiladi.