O‘zbekistonda “inson – jamiyat – davlat” tamoyili mamlakat taraqqiyotiga xizmat qilmoqda
Avvalo, O‘zbekistonda Prezident tomonidan so‘z erkinligini ta’minlash va jamoatchilik bilan aloqalar soha- sida erishilayotgan yutuqlar bilan tabriklayman. Albatta, jamiyat uchun bunday natijaga erishish oson emas. Ayniqsa, global muammolar davrida O‘zbekistonning bunday taraqqiyotga erishganidan haqiqatan hayratdaman.
Mening fikrimcha, O‘zbekiston qo‘lga kiritgan siyosiy va iqtisodiy yutuqlarning asosiy sababi – bu yerda ichki va tashqi munosabatlarda teng muvozanat o‘rnatilganidir.
Xalqaro aloqalar nuqtayi nazaridan baholaydigan bo‘lsam, o‘ylaymanki, mahalliy boshqaruvda yaxshi natijalarga erishilgan. O‘zbekiston tobora mintaqaviy barqaror, xorijiy investitsiyalar uchun jozibador davlatga aylanib bormoqda.
Bu yerda “inson – jamiyat – davlat” tamoyili ustuvor o‘ringa qo‘yilgan. Jamiyatga katta erkinliklar berilib, ushbu “uchburchak” munosabatlar yaxshi rivojlangan.
Konstitutsiyaviy islohotlar ham O‘zbekistonning muhim yutuqlaridan biri sanaladi.
