Jahon bozorining raqobatbardosh ishtirokchisiga aylanayotgan mamlakat
O‘zbekiston IT park rezidentlariga beriladigan imtiyozlar 2040 yilgacha uzaytirilishi investorlarning ishonchini yanada oshiradi. Bu O‘zbekistonni investitsiya kiritish va mahalliy hamkorlar topish uchun G‘arb mamlakatlariga yanada jozibador qiladi.
O‘zbekistonda biznes muhitini rivojlantirish va IT tashabbuslarini qo‘llab¬quvvatlash bo‘yicha qilinayotgan sezilarli sa’y-harakatlar mahalliy va xorijiy iste’dodlarning bu yerda qolishi va rivojlanishi, yangi g‘oya va texnologiyalarni olib kirishi uchun sharoit yaratmoqda.
Innovatsiya va texnologiyalar mamlakat iqtisodiy taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchiga aylanib bormoqda. Hukumat tomonidan qabul qilingan to‘g‘ri qarorlar tufayli O‘zbekiston nafaqat Markaziy Osiyoning yetakchi davlati sifatida, balki jahon bozorining raqobatbardosh ishtirokchisiga aylanmoqda.
Bu uzoq muddatli istiqbolda mamlakatning nafaqat o‘z mintaqasida, balki xalqaro maydonda ham IT liderga aylanishiga olib keladi.
