Barqaror rivojlanish markazi 

  • O‘zbek
  • Ўзбек
  • Русский
  • English
  • Français

Patrik Olsson

Patrik Olsson

fikr

NNTlar — jamiyat transformatsiyasida muhim boʻgʻin

2016-yildan buyon Oʻzbekiston salmoqli yutuqlarga erishdi. Roʻy bergan oʻzgarishlar hukumatning ochiq, shaffof va adolatli jamiyat barpo etish borasidagi jiddiy niyatlaridan dalolat beradi. Bu oʻzgarishlarning asosiy omillaridan biri, hech shubhasiz, Oʻzbekiston rahbariyatining siyosiy irodasidir. Aynan Prezident Shavkat Mirziyoyevning qatʼiy irodasi inson huquqlari sohasida yangi meʼyorlarni joriy etish, mamlakatni xalqaro hamkorlik uchun ochish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish imkonini berdi.

Jamiyat transformatsiyasi jarayonida hal qiluvchi rol oʻynaydigan NNTlar faolligi tufayli fuqarolarning huquq va erkinliklari yoʻnalishida taʼsirchan qadamlar qoʻyildi.

Bu borada mahallaning oʻrni alohida eʼtiborga molik. Bu odamlar va davlat oʻrtasida bogʻlovchi boʻgʻin vazifasini oʻtaydigan, muhim ijtimoiy xizmatlar koʻrsatuvchi, mahalliy muammolarni hal qilishga yordam beradigan noyob vositadir.