Transport sektorida yuqori natijalarga erishilmoqda
Men O‘zbekistonga ilk marotaba 2011 yilda kelganman va o‘shandan buyon o‘tgan vaqt davomida islohotlarni solishtirib, misli ko‘rilmagan katta qadamlar tashlaganini, ko‘plab loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani va transport sektorida yuqori natijalarga erishilganini qayd etmoqchiman.
Muloqotlar davomida O‘zbekistonning transport sektorini barqaror rivojlantirish maqsadida mavjud infratuzilmani yanada yaxshilash, xizmatlarni modernizatsiya qilish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borayotgan sa’y-harakatlari nafaqat iqtisodiy o‘sishni tezlashtirishi, balki barcha fuqarolar uchun hayot sifati yaxshilanishiga xizmat qilishi ta’kidlandi.
