O‘zbekistonning texnologik markaz sifatidagi salohiyati yuqori
So‘nggi yillarda elektron hukumat O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining asosiy elementiga aylanib, mamlakat rivojiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda.
AKT infratuzilmasining so‘nggi 25 yil davomidagi rivojlanishini kuzatib, 1999 yildagi birinchi tashrifimdan buyon qo‘pgina muhim o‘zgarishlar ro‘y berganiga guvoh bo‘ldim.
Elektron hukumat tashabbuslari infratuzilmani, xizmatlar sifatini, umumiy qamrovni va foydalanish imkoniyatini yaxshilash bo‘yicha aniq maqsadlarni bel- gilaydi. IT ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston internet narxlarining arzonligi va xavfsizligi bo‘yicha jahon reytinglarida, shuningdek, mamlakatlarning xavfsizlik darajasini aniqlaydigan “Cafety Perseption Index 2023” reytingida birinchi o‘rinni egalladi.
Mamlakat rahbarining liderlik sifatlari va strategik qarashlari ushbu rivojlanish sur’atini saqlab qolish va O‘zbekistonning yorqin texnologik markaz sifatidagi to‘liq salohiyatini ro‘yobga chiqarishning asosiy omillari hisoblanadi.
