Iqtisodiy islohotlar maqsadi – mamlakatda ijtimoiy farovonlikni ta’minlash
Men O‘zbekiston so‘nggi yillarda erishgan yutuqlarni ko‘rib, quvondim. Bugun O‘zbekiston hukumatining iqtisodiy siyosati barqaror rivojlanish, farovon kelajakni ta’minlashga qaratilgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligidagi Yangi O‘zbekiston 2017 yildan buyon iqtisodiy islohotlarni jadal sur’atlarda olib bormoqda.
Islohotlar fuqarolarning iqtisodiy va ijtimoiy farovonligini oshirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Hukumat ham ichki, ham xorijiy investitsiyalarni jalb qiladigan qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish bo‘yicha faol ish olib bormoqda. Bu, ayniqsa, texnologik yutuqlar va bozorlar muttasil o‘zgarib borayotgan bir paytda juda muhimdir.
